Qadrdon uydan olingan mix
Qadrdon uydan olingan mix” – bu ota uyini tark etib, kasb-hunar oʼrganish uchun taqdiriga ergashib yoʼlga chiqqan uch aka-uka haqida ertakdir. Katta oʼgʼillar oʼzlari bilan foydali narsa-buyumlarni olishganda, kenja oʼgʼil – Svend hammani hayron qoldirib, tugʼilib oʼsgan uyining devoridan eski, zanglagan mixni sugʼurib oladi. Keraksizdek tuyulgan narsa-buyum, buni qarangki, zukkolik va mehnatsevarlik ortidan eng kerakli buyumga aylanadi. Svend temirchi, tikuvchi va etikdoʼzga shogird tushib, turli hunarlarni oʼrganadi. Bu hikoya mehnatsevar, qatʼiyyatli va hayot yoʼlimizda bizga yordam beradigan har qanday narsa uchun minnatdor boʼlish kerakligini oʼrgatadi. Shved xalq ertagi
Musiqiy hamrohlik: xalq musiqasi
Musiqiy hamrohlik: xalq musiqasi
