Boshidan o'tkazgan oqibatlarini, to'g'rirog'i, xo'rliklarini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi. Uni ishlab chiqish esa… Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik… bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning «Kafansiz ko'milganlarida yoqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati — uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ush xotira-roman o'quvchiga gatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.