Taqdir yozi. I bo’lim
В приложении удобнееQR для скачивания приложенияRuStore · Samsung Galaxy Store
Huawei AppGallery · Xiaomi GetApps

Читать бесплатно онлайн книгу  Taqdir yozi. I bo’lim
автор 

Umida G'oziyeva

Taqdir yozi

I bo’lim






18+

Оглавление

Darsdan so’ng Zulayho, Zakariyoning yoniga kelib gap boshlaydi.


Zulayho:

Siz ham ingliz tili kursida o’qiyapsizmi?


Zakariyo (xayron bo’lib):

Ha, yaxshi qiz, 2 oydan beri o’qiyman, siz kimsiz o’zi, tanimadim?


Zulayho:

Men siz mashinangizda avtohalokatga uchrab, shifoxonada bo’lganingizda, sizga parvarish bergan hamshira bo’laman.


Zakariyo:

Meni boshqasi bilan adashtirdingiz, menimcha, kechirasiz.


Zulayho:

Nahotki, inson bir-biriga shunchalik bir tomchi suvdek o’xshasa?

Yonidagi dugonasi


Lobar:

Seni ataylab tanimaganga olayapti.


Bir necha kun oldin. Yahyo mashinasini sarxush holatda boshqarib, devorga borib urib oladi. Va ko’zini ochib qarasa unga bir hamshira qiz qarab turgan bo’ladi. Va Yahyo pichirlab.

Yahyo:

Jannatga tushdim.


Zulayho:

Assalomu aleykum, o’zingizni qanday his qilyapsiz?

Yahyo:

Vaaleykum assalom, men qayerdaman?


Zulayho:

Siz mast xolatda, yarim tunda mashinangizni devorga borib urgansiz. Va shifoxonaga olib kelindingiz. Sizda miya chayqalishini tekshirish uchun bir necha kun shifoxonada qolishingiz kerak.


Zakariyoning onasi keldi. Va qabulxonadan o’g’lini qaysi palataga joylashtirilganini so’raydi.


Onasi:

Men Yahyo Otaboyevning onasi. O’g’lim qaysi palatada?


Hamshira Zulayho chiqib ketgandan keyin, onasi kirib keladi.


Onasi:

O’g’lim, ahvoling qaley? Nimaga mast holatda, mashina xaydaysan, yarim tunda?


Yahyo:

Assalomu aleykum, ona. Xavotir olmang, otdekman. (Kulib)


Aslida Zakariyo va Yahyo egizaklar.


Keyingi dars Yahyo keldi. Va xonada o’tirgan Zulayhoni ko’rib yuziga tabassum yugurdi. O’qituvchi savol berdi: chet elda o’qish yahshimi yoki o’z yurtida?


Zulayho:

Chet elda, albatta ustoz.


Yahyo:

Siz uchun chet elda o’qish yahshimi, yoki o’zimizda?


Zulayho:

Albatta, chet elda.


Yahyo:

Lekin, bizni O’zbeklar qizlarini chet elda o’qishga yuborishmaydi.


Zulayho:

Kechirasiz-u, yahshi yigit, siz nechanchi asrda yashayapsiz? Hozir qanchadan-qancha qizlar chet elda o’qib kelishyapti, buni xech qanaqa yomon tomoni yo’q.


Yahyo:

Ilm olaman degan insonga, joyni farqi yo’q. Ilmni ololmaydiganni Garvardda o’qitsangiz ham foydasi yo’q, yahshi qiz.


Zulayho:

Kechirasiz-u. «Oltin davr» olimlari:

Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Bag’doddan tortib — Hindistongacha borib, ilm-ma’rifat olib o’z yurtligiga qaytib, ilm-fanga dunyo bo‘ylab hissa qo’shishgan.


Yahyo:

Gapizga qo’shilaman, lekin,

Fotima binti Burhoniddin Marg’inoniy, Robiya Qutbiddin qizi Samarqandiy, Bibi Mushkulkushod, Nodira begim, Uvaysiy, Dilshod Barno. Ilm olish uchun erkaklar kabi uzoq safarlarga chiqa olmagan.

Lekin,

Madrasa va masjidlarda ta’lim olgan, ulamolar oilasida ulg’ayib, ilmni otalari, turmush o’rtoqlari yoki ustozlaridan o’rganishgan.


Zulayho:

Garvarddingizda o’qish shart emas ekanmi?


Yahyo:

Siz bilan baxslashib o’tirmayman, Zulayho.


Zulayho:

Juda soz.


Bitta bosqichdan, keyingi bosqichga o’tish uchun imtihon javoblari chiqgan kuni.


O’qituvchi:

Faqat 2 ta o’quvchi 100% to’g’ri bajargan, bular Zakariyo va Zulayholar.


Yahyo:

Albatta, ustoz axir Zulayhoxon olimalar-ku.


Zulayho:

Nima Santa Klausmisiz? Ho-ho-ho.

Lobar:

Biram aqillixon ekan-ey.


Keyingi imtixon Zakariyoni o’zi qatnashdi.

O’qituvchi:

Bu safar eng ko’p topgan Zulayho va Lobar.

Lobar Zakariyo tomonga qarab

Lobar:

Ba’zi birovlar donolar, donosi edi.

Zakariyo:

Siz menga gapiryapsizmi?


Lobar:

Ha, aytmadim-mi? Dono deb.

Zakariyo:

Kechirasiz, 4 oy oldin, avgustda dugonangiz, meni kim bilandir o’xshatgan edilar. Endi siz bir nimalar deyapsiz. Yigitlarga gap otishni yangi turimi, Lobaroy?


Lobar:

Oldingi safar, dugonamni Zulayhoxon degan edingiz, endi menga o’tdingizmi? Don Juan.


Zakariyo:

Ajoyib qiz ekansiz, menga yoqtingiz.


Lobar:

Menga qara bola, hozir shu tilingni sug’urib olaman.


Zakariyo:

Juda qo’rqtim, dir-dir titrayapman, qarang!


O’qituvchi:

Stop talking, please!


Bir necha bora Yahyo kechki payt egizagi Zakariyoni kahvasiga, sharbatiga, ovqatiga uxlatadigan dori solib, egizak ukasiga berar edi. Va ertasi kuni ingliz tili kursiga o’zi borar edi, otasiga boshqa ishim bor, boshim og’riyapti, moshinam buzilib qoldi, tirbandlikda qolip ketdim deya, har xil bahonalar to’qib.


Ingliz tili darsida


Yahyo:

Zulayho kecha ijtimoiy tarmoqda ko’rib qoldim, bir ingliz tilidagi serial ko’rganingizni qo’yibsiz. Qayerdan topdingiz, menga ham tashlab bera olasizmi? Qaysidir ijtimoiy tarmoqdan iltimos.


Lobar:

Men yuborib qo’yaman, kechki paytlarda, xavotir olmang!


Yahyo:

Rahmat, Lobar.


Rejissyor baland ovozda gapirdi.


Rejissyor:

Suratga olindi. Shaxzoda — Zulayho roliga yo’q demaganingiz uchun, kottakon rahmat. Shu bilan suratga olish 10 chi yanvardan boshlanadi.


Shaxzoda:

Sizga ham rahmat kotta, taklifingiz uchun. Keyingi yilda ko’rishguncha.


Rejissyor:

Ko’rishguncha.

Ha, Abdulkabir — Zakariyo roliga ishingiz ko’p bo’lishiga qaramasdan yo’q demay rozi bo’lganing uchun minnatdorman. Egizagingiz Abdulqodirga ham, rahmatimni yetkazib qo’ying, sizning o’rningizga avtohalokat sahnasida Yahyo bo’lib rol o’ynaganlari uchun. Hali bu filmimiz juda mashhur bo’ladi. Qiz aslida egizaklarning birini yoqtirib qoladi, ikkinchisi esa, uning dugonasini, va dugonalar ayrilishadi. Shu bilan suratga olish 10 chi yanvardan boshlanadi. Keyingi yil ko’rishguncha.


Yahyo:

Rahmat sizga ham, egizagimga albatta yetkazib qo’yaman. Yana ko’rishguncha.


Rejissyor:

Ko’rishguncha, yoqimtoy yigit. (Kulib)


Abdulqodir uyiga qaytgach. Abdulkabir uni ko’rib savolga tutadi.


Abdulkabir:

Abdulqodir, senda ham hech shunaqa bo’layaptimi? Negadir 1 haftada 1 yoki 2 marta qattiq uxlab qolayapman. Suratga olishga ham bora olmayapman.


Abdulqodir:

Yo’q, menda ba’zida bo’lib turadi. Qattiq charyayotgandirsan balkim.


Abdulkabir:

Yo’q, qattiq charchayotganim yo’q. Rejissyorga qong’iroq qilay.


Abdulqodir:

Xavotir olma, seni kunduzi uyg’ota olmay, o’rninga rol o’ynab kelayapman. Filmni suratga olish jarayoni bu yilga tugadi. Shu bilan suratga olish 10 chi yanvardan boshlanadi. Bundan keyin uhlab qolmaslikga harakat qil!, o’zimning boshqa ishlarim qolib ketayapti. Bilasan otamizni yonlarida biznes sohasini o’rganayapman, aktyor bo’lish niyatim yo’q.


Abdulkabir:

Uzr so’rayman, rahmat kattakon aka. (Kulib)


Oradan 3 yil o’tdi 2025 mart.


Abdulqodir liftning ichiga kirdi. Va bir qizning «liftni tohtatib turing!» degan ovozini eshitadi. Qiz yugurib kelib kirib oladi. So’ng o’sha qiz 12 — qavat tugmasini bosadi. Qiz yigitga qarab.


Shaxzoda:

Siz nechanchi qavatga? Siz?


Abdulqodir:

Ha, yana siz. Men ham 12 chi qavatga, rahmat.


Abdulqodir jilmayib qo’yib.


Abdulqodir:

Siz aktrisa emasmidingiz, bu yerga sizni qaysi shamol uchirdi?


Shaxzoda: (zarda bilan)

Har holda sizning shamolingiz emas. Kiyim dizayneriman. Vaqtinchalik dugonam aytgani uchun aktrisalik qilib turgan edim.


Abdulqodir:

Ha, qiz bolaga 40 xunar oz.


Shaxzoda:

Yigit kishiga esa 71 xunar. Siz ham aktyor edingiz adashmasam, nima aktrisalar siz bilan birga rol o’ynashdan bosh tortishdimi? (Kulib)


Abdulqodir:

Mendek kelishgan yigitni, qaysi qiz rad eta olar ekan?


Shaxzoda:

Gap faqat chiroyda emas, yahshi yigit.


Abdulqodir:

Gapingiz to’g’ri. Menga yoqdiz.


Shaxzoda:

Sizga yoqaman deb, ko’zim uchib turgani yo’q. (Deya lift ochilib chiqib ketdi)


Abdulqodir:

Asal kerak bo’lsa, asalarilarning chaqishiga chidash kerak, kelishgan yigit. (U ham liftdan tashqariga chiqayotganida)


Shaxzoda suhbatga tayyorlanib o’tirar edi. Va suhbatda bir ayol bilan gaplashib, ishga olindi. Kiyim dizayneri Lola Maxmudovnani, yordamchisi sifatida.

3 kun o’tib chizgan kiyim dizaynlarini eskizini Lola opasiga ko’rsatadi. U boshliqni o’g’li Abdulqodir Abdusamiyevichga ko’rsatishini aytadi.

Shaxzoda eshikni taqillatib ichkariga qo’lidagi papka bilan kiradi. Abdulqodir esa aylanma kreslosida, orqasini eshikga o’girib o’tirar edi.


Shaxzoda:

Assalomu aleykum, Lola Maxmudovnani yangi yordamchilari bo’laman. Men chizgan eskizlarni sizga ko’rsatishimni aytdilar.


Abdulqodir:

Stol ustiga qo’yib, chiqib ketavering! Javobimni ustozingizni o’zlariga aytaman.

Shaxzoda:

Ho’p.

Shaxzoda papkani stol ustiga qo’yib chiqib ketayotgan joyida.


Abdulqodir:

Ho’p bo’ladi, yodingizda tuting!

Shaxzoda:

Ho’p bo’ladi. Abdulqodir Abdusamiyevich.


Tashqariga chiqib, o’ziga-o’zi.

Shaxzoda:

Bu dunyoda faqat qo’rs yigitlar tug’ilayaptimi?

Abdulqodir:

Tanish ovoz, lekin muomalada yo’q ekan. Chizgan rasmlarini ko’raychi.


Bir oz vaqt o’tib.


Lola:

Chaqirtirgan ekansiz?


Abdulqodir:

Yangi yordamchingiz, bir oz iste’dodli qiz ekan, menga yoqti. Uning eskizi bo’yicha kiyimlar tikishni boshlayveringlar.


Lola:

Ho’p bo’ladi, boshqa xizmatingiz bo’lmasa.


Abdulqodir:

Chiqishingiz mumkin.


Kiyimlar tikishni boshlab yuborishdi, ish boshida esa Lola Mahmudovna. Shaxzodaning o’zi ham, ba’zida kiyim tikib qo’yardi. Ko’pincha tekshirib yurar edi.

Ikki haftadan so’ng Navro’z bayrami munosabatiga ko’rgazma. Shuning uchun, Abdulqodirning 49 yoshdagi otasi Abdusami Abdussalomovich, jarayon qay tarzda ketayotganini, o’z ko’zi bilan ko’rish uchun, kenja 8 yoshlik o’g’li Abdurrazzoq bilan keladi.


Abdusami:

Ho’sh, jarayon qay tarzda ketyapti?, ko’rgazmagacha oz fursat qolganini, eslatish uchun kenja o’g’lim Abdurrazzoq bilan keldim.


Lola:

Assalomu aleykum, Abdusami Abdussalomovich xush kelibsiz, sizni va o’glingizni ko’rganimizdan juda mamnun bo’l

...