Jamshid Nasriddinovцитирует13 дней назад
Hijoz arablari ham shu kabi bir necha qabiladan tarkib bo‘lgan. Ularning ichida eng ulug‘ va e’tiborlisi Quraysh qabilasidirki, zero Ka’baga xizmat qilish ularning qo‘lida edi. Quraysh qabilasining bir sardori bo‘lib, uni Abdul-Mutallib, deb atashgan, uning Abdulloh ismli o‘g‘li bo‘lib, Abdul-Mutallib bu o‘g‘lini boshqalaridan ko‘proq yaxshi ko‘rardilar. Omina ismli arab qizini nikohlab berdilar. Oradan yetti oy o‘tgach, Abdulloh savdogarlik vajhidan Madinaga borib, u yerda vafot etadilar. Yana ikki oydan so‘ng, isoviy sananing 570 yili, Rab’ul-avval oyining 12-sida, dushanba kuni Allohning rahmati bilan bizning payg‘ambarimiz Muhammad ‘alayhissalom binni Abdulloh Makka shahrida Ominadan dunyoga keldilar.
  • Войти или зарегистрироваться, чтобы комментировать