Ovro‘poliklar shirkatlarning afzalligini yaqinda kashf etib, o‘z millatlarini bu shirkatlarni tuzishga da’vat etdilar. Biroq, bizning payg‘ambarimiz bundan bir ming uch yuz yil oldin amr etib degan edilar: «Olloh taolo deydiki, ikkita bir-biriga xiyonat qilmaydigan sheriklarni men himoya etaman va qachonki xiyonat etsalar, mening himoyamdan mahrum bo‘ladilar».
O‘ylab ko‘ring, musulmonlar o‘z dinlari haqida qaerda ta’lim oladilar? Madrasada. Namozlarini qaerda o‘qiydilar? Masjidda. Bu masjid va madrasani biz uchun kim quradi? Davlatmand kishilar. Shuning uchun, davlat egalari haqoratlashga emas, madh va maqtovga loyiqdirlar.
Biroq, Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoati va hatto yer osti boyliklaridan xalq manfaati yo‘lida foydalanish, o‘lkaning ma’naviy va moddiy boyliklari haqidagi qayg‘urishlari uni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yuksaklikka ko‘taradi.