Shuning ila bu havlini chin ma’nosi bilan qorong‘uliq bosdi.
O‘g‘lingiz-ning vujudi bilan orzuingizni qondirish oson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz
Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.
Siz o‘zingizni tuproq bilan tenglashdirmakchi bo‘lg‘ansiz, lekin man hozir Kumushka ham qanoatlanmay Oltinbibi deb atamoq fik-riga tushdim...
Ul ham toshkandlik xotinim bilangina qolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg‘an kuningizdan boshlab o‘zingizni mendan begona va nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo‘ladir. Manim bu taloq xatimni albatta shariat peshvolari shar’iy hisoblab iddangiz bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalar kerak. Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.
«Vafosizga. Men o‘zimning bu maktubimni ko‘z yoshlarim bilan yozaman. Negaki hozirda manim yolg‘iz ko‘z yoshlarimgina emas, butun borlig‘im siyohdir
— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?
Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:
— Kim yig‘latdi sizni?
— Yig‘labmanmi?
— Ko‘zingiz, kiprakingiz...
— O‘zi shunaqa...
— Yig‘latg‘an men emasmi?
— Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay.
— Negaki uning rizolig‘ini olmasdan turib, bu ishka oyog‘ qo‘yishim mumkin emas
Ikki yorni ajratquchi bu falakning gardishi emas, ota-onaning orzusi!» O‘zining sirlik ma’nosig‘a Otabekning istiqbolini olib ko‘ringan bu bayt nihoyat uni yig‘latadir. Ko‘z yoshlari yuzi orqaliq egarining qoshig‘a va otining yolig‘a toma boshlaydir...
Ikki yorni ajratuvchi bu falakning gardishi